Turinning «Yuventus» klubi yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Manchester Siti» forvardi Omar Marmushga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Stampa nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «byankonerilar» ayni paytda ingliz klubi misrlik futbolchini ijaraga qo‘yib yuborishga tayyormi yoki yo‘qligini o‘rganmoqda.
Qayd etilishicha, 27 yoshli hujumchining nomzodi «Yuventus» bosh murabbiyi Luçano Spallettiga ma’qul kelgan va mutaxassis uni jamoa uchun foydali futbolchi deb hisoblamoqda.
Marmush o‘tgan mavsum «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Shuningdek, Turin klubi hujumni kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Xususan, «PSJ» hujumchisi Randal Kolo Muani va «Atletiko» forvardi Aleksandr Syorlot nomzodlari ham «Yuventus» radarida qolmoqda.