Bugun
6
O'zbek

«Lion» «Yuventus» hujumchisi uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
20 iyun, 12:21
Lua Opendaga bir nechta Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Lion» «Yuventus» hujumchisi uchun kurashga qo‘shildi
Foto: Getty Images

Fransiyaning «Lion» klubi «Yuventus» hujumchisi Lua Opendani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchiga da’vogarlar faqatgina «Lion» bilan cheklanib qolmayapti. Frankfurtning «Ayntraxt», «Monako» va Angliyaning «Nottingem Forest» klublari ham vaziyatni kuzatib bormoqda.

Hozircha «Lion» rahbariyati transfer bo‘yicha rasmiy taklif yuboradimi yoki yo‘qmi, bu borada aniq ma’lumot yo‘q.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali Opendaning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, belgiyalik futbolchi faoliyati davomida «Bryugge», «Vitess», «Lans» va «RB Leypsig» klublari safida ham to‘p surgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Lyon FC Lyon
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar