Oʻzbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Doston Hamdamov JCh-2026 1-turidan oʻrin olgan Kolumbiya (1:3) bilan oʻyindan soʻng OʻFA matbuot xizmatining bir qator savollariga javob berdi.
— Oʻyindan soʻng bosh murabbiy nimalar dedi?
— Juda yaxshi oʻyin koʻrsatdinglar, raqibga kuchli qarshilik qildinglar dedi. Bundan xursandligini va ishlashda davom etishimizni, yana shunday kuch bilan Portugaliyaga qarshilik koʻrsatishimizni aytib oʻtdi. Bundan kuchli motivatsiya oldik. Oldinga intilishda davom etamiz.
— Endi biroz ortga qaytamiz. 2009 yili Ronaldu Toshkentga kelgandi. Oʻsha kun haqida nimalarni eslaysiz?
— Eslarda qolarli kun boʻlgan. Oradan shuncha yil oʻtib, Ronalduga qarshi oʻynaymiz deb oʻylamagandik. Oʻsha paytlari biz uchun unga qarshi oʻynash orzu boʻlgan. Unda yosh bola boʻlganmiz, Ronaldu esa kuchga toʻlgan, yulduzlik paytlari edi. Yana unga qarshi oʻynab, oʻsha xotiralarni eslaymiz.
Uning oʻyinlarini yoshligimizdan kuzatib kelamiz — juda kuchli futbolchi. Bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi. Ronaldu man uchun kumir, desam ham boʻladi.
— Endi maydonga raqib sifatida tushish qanday his beradi?
— Bu qandaydir tushga oʻxshaydi. Nafaqat Ronaldu, Yevropaning top klublarida oʻynaydigan futbolchilarga qarshi harakat qilish qiyin. Lekin ikkinchi tomondan yoqimli. Yaxshi qarshilik koʻrsatamiz.
