Live
2
O'zbek

"1000% borimizni beramiz" — Ashurmatov tarixiy o'yin, ilk gol va 17 yildan so'ng yana Ronaldu bilan uchrashishi haqida

Futbol
22 iyun, 11:00
O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi O'FA matbuot xizmatining bir qator savollariga javob berdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"1000% borimizni beramiz" — Ashurmatov tarixiy o'yin, ilk gol va 17 yildan so'ng yana Ronaldu bilan uchrashishi haqida
Foto: UFA
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov JCH-2026 1-turidan o'rin olgan Kolumbiya (1:3) bilan o'yindan so'ng O'FA matbuot xizmatining bir qator savollariga javob berdi.

— Jahon chempionatidagi debyut o'yin va jamoaning ilk goli haqida?

— Jahon chempionatiga chiqqanimiz — faxr. Juda boshqacha tuyg'u. Ilk o'yindayoq gol urgani esa qo'shimcha baxt, quvonch. Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, biroq biroz omad yetishmadi. Keyingi o'yinlarda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Golga keladigan bo'lsak, bu — katta emotsiya. Buni so'z bilan ta'riflab bo'lmaydi.

— Oldinda Portugaliyaga qarshi bahs kutmoqda. Jamoa qanchalik tayyor?

— Kundan kunga tiklandik. Bugundan aynan Portugaliyaga qarshi tayyorgarlikni boshladik. Taktik va jismoniy jihatdan yaxshilanayapmiz. Maksimum borimizni beramiz. 100% emas, 1000% harakat qilamiz.

— Endi biroz ortga qaytamiz. 2009 yili Ronaldu Toshkentga kelgandi. O'sha kun haqida nimalarni eslaysiz?

— O'shanda 13 yosh bo'lganmiz. Uning Toshkentga kelishi kutilmagan holat bo'lgan. Biz bilan futbol o'ynagan, suratlarga tushgan. Bir kun kelib, mundialda Ronalduga qarshi o'ynashimiz tasavvurimizga sig'magan. Bu — tarix. Lekin oldindagi o'yinda nafaqat Ronaldu, butun Portugaliya milliy jamoasiga qarshi jang qilamiz.

Rustam Ashurmatov va Krishtianu Ronaldu
Foto: UFA


— Bolalikdagi uchrashuvdan keyin hozirgacha nimalar o'zgardi?

— Juda ko'p narsa o'zgardi. Avvalo, yoshimiz. So'ng tajriba. Bir nechta xalqaro o'yinlarda va turnirlarda qatnashdik. Hozir Jahon chempionatiga kelganmiz va butun xalq bizga qarab turibdi. Ich-ichimizda o'sha bolalik bor, lekin maydonda unga qarshi kurashamiz.

— Endi maydonga raqib sifatida tushish qanday his beradi?

— Bu — normal holat. Biz Jahon chempionatiga chiqishni orzu qilganmiz. Har qanday yulduzlarga qarshi o'ynashga majburmiz va bunga tayyormiz.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar