Bugun
6
O'zbek

Messi qatorasiga 3-mundialda penaltidan foydalana olmadi

Futbol
22 iyun, 13:40
38 yoshli hujumchi Jahon chempionatlarida penaltidan eng ko'p adashgan oʻyinchiga aylandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Messi qatorasiga 3-mundialda penaltidan foydalana olmadi
Foto: Getty Images
22.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 2 : 0 Avstriya Avstriya

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi qatorasiga uchinchi jahon chempionatida penaltidan foydalana olmadi.

Argentinaliklar JCH-2026 2-turidan oʻrin olgan Avstriyaga qarshi oʻyin startida penaltini ishlashdi va 38 yoshli futbolchi nuqtadan adashdi.

Messi bungacha JCH-2022da Polsha (2:0), JCH-2018da esa Islandiya (1:1) bilan bahsda 11 metrlik jarima zarbasidan foydalana olmagandi.

Shu tariqa Leo mundiallarda penaltidan eng koʻp gol urolmagan futbolchiga aylandi. Shuningdek, u penaltlardan eng koʻp foydalangan oʻyinchi ham sanaladi — 7 marta.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Avstriya Avstriya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar