Live
2
O'zbek

«MYU» 100 ming o‘rinli yangi stadion qurish uchun zarur yer maydoni sotib olganini ma'lum qildi

Futbol
22 iyun, 12:40
Klubning yangi zamonaviy arenasi Buyuk Britaniyadagi eng yirik sport inshootiga aylanadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«MYU» 100 ming o‘rinli yangi stadion qurish uchun zarur yer maydoni sotib olganini ma'lum qildi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» 100 ming tomoshabinga mo‘ljallangan yangi stadion qurish uchun zarur yer maydonining asosiy qismini sotib olganini ma'lum qildi.

«Klub yangi stadion qurilishi uchun kerak bo‘lgan yer maydonining katta qismini xarid qildi. Bu Old Trafford tumanini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyadagi muhim bosqich hisoblanadi.

Buyuk Britaniyadagi eng yirik sport inshootiga aylanishi kutilayotgan yangi stadion hududni qayta jonlantirish uchun katalizator vazifasini bajaradi. Shuningdek, u dunyodagi eng zamonaviy ko‘ngilochar markazlardan birini shakllantirishga xizmat qiladi.

Klub hozirgi stadiondan taxminan 350 metr shimoli-g‘arbda joylashgan, maydoni 25 akr (101 171 kv.m) bo‘lgan yer uchastkasini Indurent kompaniyasidan sotib oldi. Ushbu kompaniya sanoat ob’ektlari sohasidagi yetakchi operatorlardan biri bo‘lib, Blackstone investitsiya portfeliga kiradi. «Yunayted» ushbu rejalar ta’siriga tushadigan korxonalar bilan bevosita ishlab, ularni o‘tish davrida qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.

370 akr (1 497 336 kv.m) maydonni qamrab oladigan rekonstruktsiya loyihasi doirasida taxminan 15 mingta yangi uy-joy, jumladan, arzonlashtirilgan uylar qurilishi, mahalliy darajada 48 mingta va mamlakat bo‘yicha 90 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Shuningdek, loyiha Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga har yili 7 milliard funt sterlingdan ortiq hissa qo‘shishi prognoz qilinmoqda», — deyiladi klub bayonotida.

"MYU"ning yangi stadioni loyihasidan
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar