Jovanni Malago Italiya futbol federatsiyasining (FIGC) yangi prezidenti etib saylandi.
Italiyalik 67 yoshli sport funksioneri, biznesmen va boshqaruvchi saylovda ovozlarning 68,58 foizini (343 084 ovoz) qo'lga kiritib, Jankarlo Abeteni ortda qoldirdi. Abete 29,17 foiz ovoz (145 936 ovoz) to'pladi, byulletenlarning 2,25 foizi esa bo'sh qoldirildi.
Malago 2013-2025 yillar oralig'ida Italiya Milliy Olimpiya qo'mitasi (CONI) prezidenti lavozimida ishlagan. U 2019 yildan buyon Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) a'zosi hisoblanadi hamda 2026 yildagi qishki Olimpiya o'yinlarining Milan va Kortina-d’Ampezzodagi tashkiliy qo'mitasi rahbari hisoblanadi.
Jovanni so'nggi sakkiz yil davomida FIGC'ga rahbarlik qilib kelgan Gabriele Gravina o'rnini egalladi. Eslatib o'tamiz, Italiya milliy jamoasi ketma-ket uchta jahon chempionatiga yo'llanma ololmadi.
Jovanni Malago — Italiya FF yangi prezidenti
Futbol
22 iyun, 13:25
67 yoshli funksioner saylovda 68,58 foiz ovoz bilan g'olib chiqdi.
Foto: Getty Images