Live
2
O'zbek

"Tottenhem" Gakpo uchun asosiy da'vogar

Futbol
22 iyun, 12:36
Niderlandiyalik futbolchi mersisaydliklardagi holatidan norozi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Tottenhem" Gakpo uchun asosiy da'vogar
Фото: Getty Images

"Tottenhem" klubi "Liverpul" hujumchisi Kodi Gakpo uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

Caught Offside xabar berishicha, "takachilar" niderlandiyalik 26 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib keladi va uni o'z safida ko'rishni istaydi.

London klubi bosh murabbiy Roberto De Zerbi va transferlarga javobgar insonlar Gakponi Savinoga muqobil variant sifatida baholamoqda. Ularning fikricha, Kodi o'zining yuqori darajadagi tajribasi tufayli tezroq natija bera oladi.

Futbolchining o'zi esa "Liverpul"dagi holatidan to'liq qoniqmayapti. Jahon chempionatidan keyin yaxshi takliflarni ko'rib chiqishi mumkin. Biroq futbolchi yakuniy qarorga mundialdan so'ng keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar