Lionel Messi JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi Avstriyaga (1:0, birinchi bo'limdan so'ng) qarshi bellashuvda hisobni ochdi va mundial tarixidan joy olgan yana bir rekordni yangiladi.
Argentina milliy jamoasi hujumchisi jahon chempionatlaridagi 17-golini urib, eng yaxshi to'purarga aylandi. 38 yoshli futbolchi bu borada germaniyalik sobiq forvard Miroslav Klozeni (16) ortda qoldirdi.
Faoliyatini davom ettirayotganlar orasida Leoning eng yaqin ta'qibchisi Kilian Mbappe sanaladi. Fransiyalik hujumchida 14 ta gol bor.
Maʼlumot uchun, Messi oʻyin startida penaltidan foydalana olmadi.
Rekord. Messi jahon chempionatlarining eng yaxshi to'purariga aylandi
Futbol
22 iyun, 13:55
Argentinalik hujumchi mundiallardagi 17-golini urdi.
Foto: Getty Images
22.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Argentina
2
:
0
Avstriya