O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida Kolumbiya darvozasiga urgan goliga izoh berdi.
«Hujum qilayotganimizda gol urishim mumkinligini his qildim. Menimcha, aynan kerakli joyda paydo bo‘ldim. Bundan juda xursandman. Biz tarix yozishda davom etamiz», — dedi Fayzullayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatidagi ilk bahsida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Abbosbek Fayzullayev bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Fayzullayevning ushbu goli O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatlari tarixidagi ilk gol sifatida qayd etildi. Mundial AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.