«Leyptsig» Martin Demichelisni bosh murabbiy etib tayinlaganini e'lon qildi.
Argentinalik 45 yoshli mutaxassis nemis klubi bilan 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Martin futbolchilik faoliyatida «River Pleyt», «Bavariya», «Malaga» va «Manchester Siti» kabi klublarda o‘ynagan. Murabbiy sifatida esa «River Pleyt», «Monterrey» va «Malyorka»ni boshqardi. O‘tgan mavsumda ispan klubi uning qo‘l ostida Segunda ligasiga tushib ketdi.
Avvalroq «Leyptsig» jamoa bilan Bundesligada 3-o‘rinni egallagan bosh murabbiy Ole Vernerni iste'foga chiqargandi.
Martin Demichelis — «Leyptsig» bosh murabbiyi
Futbol
22 iyun, 14:40
Argentinalik sobiq himoyachi nemis klubini boshqaradi.
Foto: RB Leipzig