Germaniyaning «Leypsig» klubi Rimning «Roma» jamoasi bilan markaziy yarimhimoyachi Neil El Aynaui transferi borasida kelishuvga erishdi.
Klublar quyidagi shartlar borasida kelishib olgan: 4 million yevro evaziga ijara, 25 mln yevroga sotib olish huquqi va rimliklar uchun keyingi transferdan foizlar, deb xabar berdi mashhur insayder Fabritsio Romano.
Ma’lumot uchun, El Aynauining transfer narxi 30 mln yevroga baholanmoqda. 25 yoshli futbolchining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil 30-iyuniga qalar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2026/2027-yilgi mavsumda marokashlik futbolchi A Seriya doirasidagi bitta bahsda ishtirok etib ulgurdi.