Live
7
O'zbek

«Real» «Roma» yarimhimoyachisi Koneni kuzatmoqda

Futbol
27 avgust, 10:14
Madrid klubi markaziy yarimhimoyani kuchaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
«Real» «Roma» yarimhimoyachisi Koneni kuzatmoqda
Foto: Getty Images

«Real» «Roma» yarimhimoyachisi Koneni kuzatmoqda

Madrid klubi markaziy yarimhimoyani kuchaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

«Real» «Roma» va Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Manu Konega qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi 25 yoshli futbolchini markaziy yarim himoyani kuchaytirish uchun potensial nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Biroq Kone transferi amalga oshishi uchun «Real» avval asosiy yarimhimoyachilardan birini sotishi kerak. «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Chelsi» ushbu pozitsiyaga futbolchi izlayotgani sababli Madrid klubi tarkibdagi ayrim futbolchilar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

«Real» skautlari, Xuni Kalafat boshchiligida, Konening o‘yinlarini stadiondan kuzatib kelgan. Futbolchining salohiyati klub tomonidan yuqori baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Konening shartnomasidagi tovon puli taxminan 60 mln yevroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda u A Seriyada 29 ta uchrashuvda 2 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. JCH 2026da esa 5 ta bahsda maydonga tushib, bir bor sariq kartochka oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar