Londonning «Chelsi» va «Lester» klublari sobiq himoyachisi Robert Hut «Liverpul»ning germaniyalik vingeri Florian Virs haqida fikr bildirdi.
«Virs – yaxshi futbolchi, lekin uning jismoniy jihatdan muammolari ko‘zga tashlanmoqda. Hozircha vaziyat qanday o‘zgarishi mumkinligini ko‘rmayapman. Agar uning o‘yinida o‘zgarish bo‘lmasa, qishki transferlar oynasida klub uni sotib yuborish variantlarini izlasa ajab emas. Florian «Liverpul» uchun juda qimmat bosh og‘rig‘iga aylandi», - deya Hut so‘zlaridan iqtibos keltirdi Goal.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli yarimhimoyachi «Liverpul»ga Leverkuzenning «Bayer» jamoasi safidan 136 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi