Live
6
O'zbek

Fransiya milliy jamoasidagilar Mbappening mashg‘ulotlardagi harakatlaridan hayratda

Futbol
21 iyun, 11:41
«Uch ranglilar» Fransiya milliy jamoasi hujumchisi va sardorining «fidoiy»ligini ta’kidlashmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Fransiya milliy jamoasidagilar Mbappening mashg‘ulotlardagi harakatlaridan hayratda
Foto: Getty Images

Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Fransiya milliy jamoasidagilar Kiliana Mbappening mashg‘ulotlardagi harakati, JCHga bor e’tiborini berib, astoydil harakat qilayotganini ta’kidlashmoqda. Milliy jamoadagilar 27 yoshli forvardning jahon chempionati-2026ga e’tiboridan mamnun.

Manbaning xabariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda Mbappe hattoki oddiy mashqlarni bajarishda ham o‘ziga bo‘lgan talabni eng yuqori darajada ushlab turibdi. Har kuni u bilan istiqomat qilayotganlar futbolchining musobaqaga o‘zgacha yondashayotganini aytishmoqda.

«U nima istayotgani shundoq sezilib turibdi. Bu uning musobaqasi», — deya jamoa a’zolaridan birining so‘zidan iqtibos keltirmoqda RMC Sport.

Eslatib o‘tamiz, I guruhida Fransiya Senegalni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, Mbappe esa dublni rasmiylashtirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar