Live
1
O'zbek

Fransiya — Iroq oʻyini momaqaldiroq sabab oʻz vaqtida oʻtkazilmasligi mumkin

Futbol
21 iyun, 16:05
23 iyun kungi bahsda Filadelfiyada noqulay ob-havo sharoiti kutilmoqda.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Fransiya — Iroq oʻyini momaqaldiroq sabab oʻz vaqtida oʻtkazilmasligi mumkin
Foto: Getty Images
22.06.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Iroq Iroq

Fransiya va Iroq milliy jamoalari oʻrtasidagi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turidan oʻrin olgan bellashuv momaqaldiroqli ob-havo sabab oʻtmay qolishi yoki toʻxtatib turilishi mumkin, deb xabar beradi L'Equipe.

23 iyunga belgilangan oʻyin Filadelfiya shahridagi Lincoln Financial Field stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, bahs vaqtida havo harorati +33°C gacha koʻtarilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ayrim vaqtlarida momaqaldiroq va yomgʻir kuzatilishi mumkin. Amaldagi xavfsizlik protokoliga koʻra, bunday sharoitda oʻyin vaqtincha toʻxtatilishi ehtimoli bor.

Eslatib oʻtamiz, 2025 yil yozida AQShda oʻtkazilgan klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida "Chelsi" va "Benfika" oʻrtasidagi 1/8 final bahsi ham momaqaldiroq sababli qariyb ikki soatga toʻxtatilgandi. Natijada oʻyinning umumiy davomiyligi 4 soat 38 daqiqani tashkil qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Iroq Iroq
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar