Bugun
6
O'zbek

Desham: "Iroq kuchsiz emas — Ispaniya bilan durang o'ynadi, Norvegiyaga munosib qarshilik ko'rsatdi"

Futbol
21 iyun, 18:15
Fransiya bosh murabbiyi JCh 2-turidagi raqibning darajasini baholadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Desham: "Iroq kuchsiz emas — Ispaniya bilan durang o'ynadi, Norvegiyaga munosib qarshilik ko'rsatdi"
Foto: Getty Images
22.06.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Iroq Iroq

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Didie Desham Iroqqa qarshi JCh-2026 2-turidan oldin raqibning darajasini baholadi.

Bellashuv 23 iyun kuni Lincoln Financial Field stadionida bo'lib o'tadi.

«Bu kuchsiz jamoa emas. Ular Jahon chempionati saralash bosqichida juda kuchli bo'lgan Boliviyani ortda qoldirishdi. Shuningdek, Ispaniya bilan durang o'ynashdi va Norvegiyaga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Ularning o'yin uslubi yaxshi shakllangan, nima qilishayotganini bilishadi. Futbolchilar texnik jihatdan yaxshi tayyorlangan.

Bu oson o'yin bo'ladi, deb o'ylamasligimiz kerak. Guruh bosqichidan chiqish uchun ushbu bahsga ham huddi avvalgi bahslardagi kabi jiddiylik va yuqori konsentratsiya bilan yondashishimiz lozim»,
— deya Deshamning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

I guruhidagi 1-turda Fransiya Senegalni (3:1) mag'lub etgandi, Iroq esa Norvegiyaga (1:4) yirik hisobda yutqazgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Iroq Iroq
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar