Live
1
O'zbek

Kannavaro: "Juda kuchli jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni bilamiz, ammo bundan qo'rqmaymiz"

Futbol
22 iyun, 21:15
O'zbekiston bosh murabbiyi Portugaliyaga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Kannavaro: "Juda kuchli jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni bilamiz, ammo bundan qo'rqmaymiz"
Foto: UFA
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur doirasidagi Portugaliyaga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Raqibimiz jahon chempionatidagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Agar Portugaliya jamoasini tahlil qilib ko'rsangiz, ularning qanotlarda juda kuchli futbolchilari bor, dunyoning eng yaxshi yarimhimoya chiziqlaridan biriga ega. Shuningdek, futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri ham shu jamoada o'ynaydi.

Shunday ekan, bu oson o'yin bo'lmaydi. Lekin biz jahon chempionatidamiz, jamoa sifatida harakat va mehnat qilishimiz zarur. Chunki ijobiy natija bilan maydonni tark etishning yagona yo'li shu.

Biz Portugaliyaning futbol falsafasini o'rganishga harakat qildik. Ular doimo to'p nazorati orqali o'yinni boshqarishni yoqtiradi. Shuningdek, uchrashuvni juda faol boshlashga intilishlarini ham bilamiz. Chunki imkon qadar tezroq o'yinni o'z foydasiga burishni, himoyani yorib o'tishni istashadi.

Shundan kelib chiqib biz ham bunga tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman. O'z rejamiz va strategiyamiz bor va maydonda aynan o'z o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz.

Futbol shunday o'yin. Biz juda kuchli jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni bilamiz, ammo avval ham aytganimdek, biz bundan qo'rqmaymiz.

Qo'limizdan kelgan eng yaxshi o'yinni ko'rsatishga va uchrashuv oxirigacha kurashishga harakat qilamiz.

Takidlaganimdek, biz faqat Ronaldoga qarshi o'ynamaymiz. U futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri. Biroq Portugaliya faqat Ronaldodan iborat emas.

Ularning asosiy tarkibida ham, zaxirasida ham juda ko'p yuqori saviyali futbolchilar bor. Shunga qaramay, jarima maydoni ichida Ronaldoni bir lahzaga ham e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi.

U standart vaziyatlarda ham, o'yin davomida ham istalgan payt gol urishga qodir. Shu bois butun o'yin davomida maksimal darajada e'tiborli bo'lishimiz kerak.

Jamoaga kelganimizdan buyon asosiy e'tibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratildi. Ayrim futbolchilar turli chempionatlarda o'ynagan, ba'zilarida esa ma'lum muammolar mavjud edi.

Shunga qaramay, so'nggi o'yin davomida futbolchilarning holati yaxshi ekanini ko'rdim. Jamoa uchrashuvni yuqori tempda yakunladi va barcha o'zini yaxshi his qildi.

Albatta, statistikalarni tahlil qilish oson emas. Masalan, to‘pning harakat tezligiga qarasangiz, futbolchilarning texnik mahorati qanchalik yuqori ekanini tushunishingiz mumkin.

Men faqat jismoniy ko‘rsatkichlarga qarashni yoqtirmayman. Chunki yakunda eng muhimi — to‘pni qanday nazorat qilishingiz, qanday uzatishingiz va uni qanchalik kam yo‘qotishingizdir.

Menimcha, agar siz o‘yin davomida to‘pni 20 marta yo‘qotsangiz, uni qaytarib olish uchun 20 marta yugurishingizga to‘g‘ri keladi. Bu esa juda muhim omil.

Portugaliyaning statistikasi esa albatta, ko‘p jihatlar bo‘yicha yuqori darajada. Biz buni bilamiz va tahlil qilib chiqdik.

Shu bilan birga, biz maydonda tartibsiz ravishda har tomonga yugurib yurishimiz kerak emas. Masala ko‘p yugurishda emas, to‘g‘ri yugurishda. To‘pni yo‘qotmaslik va uni qayerda qaytarib olishni bilish muhim", — dedi Kannavaro.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar