Live
1
O'zbek

«O‘zbekistonni tanitish — sharaf. Tez orada yonimga boshqa yigitlar ham qo‘shilishadi» — Husonov bilan maxsus intervyu

Futbol
22 iyun, 16:40
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahon chempionati va APLda o‘ynash orzusi haqida savollarga javob berdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
«O‘zbekistonni tanitish — sharaf. Tez orada yonimga boshqa yigitlar ham qo‘shilishadi» — Husonov bilan maxsus intervyu
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov O‘FA matbuot xizmatiga maxsus intervyu berdi.

— O‘zbekistonda futbol qay darajada rivojlanmoqda?

— Mamlakatimizda futbol rivojlanmoqda. Prezidentimizning shaxsan o‘zlari yordam beryaptilar. Bunga o‘zlari jiddiy kirishgan.

— Mundialga yo‘llanma olgan paytingiz nimalarni his qildingiz?

— Birinchi Jahon chempionatimiz. Emotsiyalarni ta’riflash qiyin.

— Jahon chempionatining ilk daqiqalari qanday kechdi?

— Yurak tez ura boshladi. Boshqacha bo‘ldi.

— APLda o‘ynayotgan futbolchi sifatida yoshlarga maslahatlaringiz?

— Ishlashda davom etish kerak. Hozir ko‘p skautlar kuzatishni boshlashdi. O‘ylaymanki, yana o‘zbek futbolchilarining Angliya va Fransiyaga kelishi boshlanadi.

— Bolaligingizda Angliyada to‘p tepish haqida orzu qilganmisiz?

— Albatta. Yoshligimdan Angliyaning top-3 jamoasidan birida o‘ynashni orzu qilib kelganman. Hozircha hammasi reja bo‘yicha ketmoqda.

— O‘zbek futbolini xalqaro maydonda qanchalik bilishadi?

— Bu — hali boshlanishi. Bir o‘zim emas, yana boshqa yigitlar ham qo‘shila boshlaydi va bizni yanada yaxshiroq tanishadi. O‘zbekistonni tanitish — sharaf.

— Futbolchi uchun eng muhim xislat?

— Tartib-intizom.

— Jahon chempionati jamoangiz uchun nima bermoqda?

— 4 yildan keyin yana mundial bor. Unga ham chiqishimiz kerak. Hammasi motivatsiya olmoqda. Ko‘rishyamanki, o‘ynasa bo‘ladi.

— Ushbu mundialdan keyin O‘zbekistonni qanday eslab qolishadi?

— Kuchli jamoa deb.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar