Jahon chempionati guruh bosqich 2-turida Norvegiya milliy jamoasi Senegal bilan kuch sinashdi.
Unda yevropaliklar 3:2 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Norvegiya safida gollarga Pedersen va Holand (dubl) mualliflik qilgan bo'lsa, afrikaliklarning ikki goli ham Sarr nomiga qayd etildi.
Qayd etish lozim, ushbu guruhning 2-turdagi ilk o'yinida Fransiya Iroqni yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi. Shu tariqa, norvegiyaliklar Fransiya bilan birga 6 ochko to'pladi va muddatidan oldin pley-off masalasini ijobiy hal qildi.
So'nggi turda ushbu jamoalar o'rtasidagi o'zaro o'yin guruhda kim 1-o'rinni olishini aniqlab beradi.
JCH-2026. I guruhi. 2-tur
23 iyun. Ist Ruzerford. «MetLife Stadium»
Norvegiya — Senegal 3:2
Gollar: Pedersen 43, Holand 48, 58 (dubl) — Sarr 53, 90+3 (dubl).
Norvegiya — Nyulan, Ryuyerson (Pedersen 13), Ayer, Haggem (Ostigard 84), Volfe, Berge, Edegor, Eursnes (Berg 46), Nusa (Shelderup 71), Syorlot (Bobb 84), Holand.
Senegal — Mendi (Diav 63), Diatta, Kulibali (M. Sarr 72), Niakate, Diuf (Yakobs 54), I.Guye, P.Guye (Mbaye 54), I. Sarr, Kamara (Siss 63), Mane, Jekson.