Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi doirasidagi Panamaga qarshi bahs Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich uchun milliy jamoadagi 200-o‘yin bo‘ldi.
40 yoshli xorvatiyalik 2006-yildan mart oyidan buyon milliy jamoa safida maydonga tushib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, 200 o‘yinda Luka 29 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirgan hamda 11 ta sariq kartochka olgan.
O‘z milliy jamoasi bilan Modrich 2018 yilgi Jahon chempionatining kumush medallariga va 2022/23 mavsumining Millatlar ligasi kumush medallariga ega chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, faqat portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (230 o‘yin), kuveytlik Badir Al Mutava (202 o‘yin) va argentinalik Lionel Messi (201 o‘yin) xalqaro darajada Lukadan ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.