Opta portali xabariga ko'ra, Kabo-Verde milliy jamoasi JCH–2026 pley-off bosqichiga chiqishga yaqin turibdi.
Afrika vakilining keyingi bosqichga yo'l olish ehtimolini 62,2 foiz deb baholagan.
Guruh bosqichida Kabo-Verde ikki marta durang qayd etdi — Ispaniya (0:0) va Urugvay (2:2). Ular 3-turda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
Guruhda birinchi o'rinni egallash imkoniyati juda past — 2,5 foiz. Eng ehtimoliy natija sifatida ikkinchi o'rin (49,3 foiz) ko'rilmoqda. Shuningdek, uchinchi o'rinni egallash ehtimoli ham ancha yuqori — 21,5 foiz. Guruhdan chiqolmaslik ehtimoli esa 26,7 foizni tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun, JCH–2026 guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyunga qadar davom etadi.