Braziliyalik afsona Ronaldinio Italiyanning «Ravenna» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
«Ravenna» C Seriyada ishtirok etadi. Yangi futbolchi taqdimoti AQShning Mayami shahrida bo'lib o'tdi.
Avvalroq klubning o‘rtoqlik uchrashuvi, reklama va xayriya loyihalarida ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ronaldinio faoliyati davomida «Gremio», «PSJ», «Barselona», «Milan», «Flamengo», «Atletiko Mineyro», «Keretaro» va «Fluminense» kabi klublar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u «Oltin to‘p» sohibi ham hisoblanadi.