Live
1
O'zbek

Martines: «Ronaldu namunaviy sardor sifatida oʻzini koʻrsatdi»

Futbol
23 iyun, 18:57
Ushbu bahsda 41 yashli forvard dubl muallifiga aylandi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Martines: «Ronaldu namunaviy sardor sifatida oʻzini koʻrsatdi»
Фото: Getty Images
23.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 5 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH–2026 guruh bosqichi 2-turida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda Krishtianu Ronalduning harakatlarini yuqori baholadi.

Ushbu bahsda 41 yashli forvard dubl muallifiga aylanib, eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Bu ogʻir davr edi. Biz kutgan natijalarga erisha olmadik, jamoa atrofida turli gap-soʻzlar — asossiz maʼlumotlar va notoʻgʻri talqinlar paydo boʻldi. Shu bilan birga, biz portugaliyalik muxlislarning katta qoʻllab-quvvatlashini his qildik. Bunday vaziyatda taslim boʻlish oson, ammo jamoa aksincha birlashdi va toʻgʻri ruhni namoyon qildi. Gʻazabda edik, lekin bu oʻsishimizga yordam berdi. U oʻzini namunaviy sardor sifatida koʻrsatdi.

90 daqiqaga kelsak, u klubida juda intensiv ishlayapti, mart oyida faqat bitta jarohat olgan. Hozir u yaxshi holatda. Futbolchining yuklamasini oldindan emas, har bir oʻyinga qarab boshqarish kerak. Uning maydonda boʻlishi raqib uchun muammolar tugʻdirdi va biz bundan foydalanishimiz kerak, — deydi murabbiy Record nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar