Jahon chempionati K guruhi 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda futbol tarixidagi yangi rekord o‘rnatildi.
Unga ko‘ra, maydonda to‘p tepgan ikki futbolchi — Krishtianu Ronaldu va Behruz Karimov o‘rtasidagi yosh farqi jahon chempionatlari tarixidagi eng katta ko‘rsatkich bo‘ldi.
Portugaliya sardori o‘yin paytida 41 yosh 4 oy 18 kunlik bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekiston himoyachisi 18 yosh 10 oy 16 kunlik edi. Ularning o‘rtasidagi yosh farqi 22 yil 183 kunni tashkil etdi.
Avvalgi rekord 1994 yildagi jahon chempionatida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda kamerunlik Rojer Milla va rossiyalik Vladimir Beschastnix o‘rtasidagi farq 21 yil 321 kun bo‘lgan edi.
Ronaldu va Karimov yosh farqi — JCh tarixidagi eng katta yosh farqi sifatida qayd etildi
Futbol
23 iyun, 16:49
Avvalgi rekord 1994 yilda qayd etilgan.
Фото: Getty Images
23.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Portugaliya
5
:
0
O‘zbekiston