Bu haqda City Xtra xabar berdi.
«Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi Enso Mareska 31 yoshli yarimhimoyachi Bernardu Silvaning ketishidan so‘ng, yangi sardor kim bo‘lishi borasida bosh qotirmoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha Mareska ro‘yxatida jamoa sardorligi uchun uchta nomzod bor: Ruben Diash, Rodri Ernandes va Erling Holand. Uchala o‘yinchi ham kiyinish xonasidagi asosiy yetakchilar sifatida ko‘rilmoqda. Mareska yaqin kunlarda yakuniy qarorni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, Angliya premer-ligasi o‘tgan mavsumida «Manchester Siti» 78 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Londonning «Arsenal» jamoasi esa «shaharliklar»ni yetti ochkoga ortda qoldirdi.