Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jud Bellinghem JCH-2026 guruh bosqichi doirasida Gana qarshi o'tkazilgan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu esa Jud uchun milliy jamoa safidagi 50-uchrashuv bo'ldi.
Shu tariqa Bellinghem Angliya milliy jamoasi tarixida 50 ta o'yinlik marraga yetgan eng yosh futbolchiga aylandi. U ushbu natijaga 22 yosh 359 kunligida erishdi.
Avvalgi eng yaxshi ko'rsatkich Ueyn Runiga tegishli edi. Bellinghem esa ushbu rekordni yangilab, Angliya futboli tarixidan yana bir bor o'rin oldi.