"Atletiko" Xulian Alvares transferi masalasida "Barselona" ustidan FIFA’ga shikoyat kiritmoqchi.
Madrid klubi rahbariyati kataloniyaliklarni amaldagi shartnomaga ega bo'lgan futbolchi bilan ruxsatsiz muzokara olib borganlikda ayblamoqda.
"Atletiko" bosh direktori Migel Anxel Xil Marin klubning ushbu masaladagi pozitsiyasini izohladi.
"Bizning majburiyatimiz — "Atletiko" manfaatlarini himoya qilish. Shu sababli biz "Barselona" ustidan FIFA’ga shikoyat kiritmoqchimiz. Chunki ular amaldagi shartnomaga ega futbolchi bilan himoyalangan davrda muzokara olib borgan", — deya Marin so'zlaridan keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Ma'lumot uchun, FIFA qoidalariga ko'ra, agar futbolchining shartnomasi yakunlanishiga olti oydan ko'proq vaqt qolgan bo'lsa, boshqa klub uning amaldagi jamoasini rasmiy xabardor qilmasdan yoki ruxsat olmasdan futbolchi bilan bevosita muzokara olib borishi mumkin emas.