Live
1
O'zbek

"Ayaks" "Barselona"ning 19 yoshli futbolchisini ijaraga olmoqchi

Futbol
23 iyun, 10:35
Kataloniya klubi ham yosh himoyachini ijaraga berishga tayyor.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Ayaks" "Barselona"ning 19 yoshli futbolchisini ijaraga olmoqchi
Фото: Getty Images

"Barselona" himoyachisi Xofre Torrents faoliyatini Niderlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Ayaks" jamoasi 19 yoshli qanot himoyachisiga jiddiy qiziqmoqda va uni o'z safiga qo'shib olish istagida.

O'z navbatida "Barselona" ham Torrentsni ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga berishga tayyor. Futbolchi o'tgan mavsum jamoaning asosiy tarkibi bilan mashg'ulot o'tkazgan. Biroq to'piqidan olgan jarohati sabab mavsumning ikkinchi yarmini to'liq o'tkazib yuborgandi.

Qayd etilishicha, Torrents transferiga "Ayaks"ning yangi bosh murabbiyi Michel Sanchesning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ayaks Ayaks
Bugungi yangiliklar