Live
1
O'zbek

Denisov: «Messi — fenomen, ammo Ronaldoga muxlislik qilaman»

Futbol
23 iyun, 11:01
Sobiq futbolchi Krishtianuning O'zbekistonga gol urmasligini istayotganini ta'kidladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Denisov: «Messi — fenomen, ammo Ronaldoga muxlislik qilaman»
Фото: Getty Images
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi ramziy raqobat haqida fikr bildirdi.

«Messi — fenomen. Unga o‘xshagan futbolchilar, Ronaldu kabi yulduzlar har 100 yilda bir marta tug‘iladi. Ammo ular o‘rtasida men Krishtianuga muxlislik qilaman. Rostini aytsam, u O‘zbekistonga qarshi o‘yinda gol urib yubormasligini istardim (kuladi). Lekin barcha hissiyotlarni chetga surib qarasak, men uni qo‘llab-quvvatlayman. Messi va Ronaldu juftligidan har ikkisi ham jahon chempionatida yana gollar urishga ulguradi», — dedi Denisov Metaratings nashriga.

Ma'lumot uchun, Messi Avstriyaga qarshi bahsda dublni rasmiylashtirib, jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purgarga aylandi. Uning mundiallardagi gollari soni 18 taga yetdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar