Italiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Gennaro Gattuzo "Latsio"ning yangi ustozi bo'ldi. Bu haqda rimliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 48 yoshli mutaxassis "burgutlar" bilan 2028 yilga qadar mo'ljallangan. Tomonlar kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega.
Ma'lum bo'lishicha, Gennaro "Latsio"da yiliga bir yarim million yevro atrofida maosh oladi. U yaqinda iste'foga chiqqan Maurisio Sarri o'rnini egalladi.
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Latsio" Italiya Seriya A turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinni egalladi va evrokuboklarsiz qoldi.