Live
4
O'zbek

Ikardi faoliyatini yana A Seriyada davom ettirishi mumkin

Futbol
16 avgust, 05:50
Hujumchi yiliga 6 mln yevro maosh olishni xohlamoqda.
Ikardi faoliyatini yana A Seriyada davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi yana Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Cittaceleste.it xabar berdi.

Mauroga Rimning «Latsio» klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq Ikardining moliyaviy talablar ushbu transfer amalga oshishiga to'sqinlik qilishi mumkin.

Hujumchi yiliga 6 million yevro maosh olishni xohlamoqda. Rimliklar esa unga ko'pi bilan 2,5 million yevro to'lashga tayyor, ya'ni ikki baravardan ham kam.

Ikardi bunday katta imtiyozlarga rozi bo'lishi ehtimoldan yiroq. Avvalroq Ikardi «Galatasaroy»ni erkin agent sifatida tark etgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lasio Lasio
Bugungi yangiliklar