Bugun
29
O'zbek

Rasman: Frattezi – «Latsio» futbolchisi

Futbol
14 avgust, 17:17
Rim klubi italyalik 26 yoshli futbolchini kelasi mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi.
Rasman: Frattezi – «Latsio» futbolchisi
Фото: Lazio FC

«Latsio» klubi yarimhimoyachi Davide Frattezini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

Rim klubi italyalik 26 yoshli futbolchini kelasi mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan. Agar Davide «burgutlar»da doimiy asosda qolsa, milanliklarga yana 10 mln yevro to‘lanadi.

Avvalroq futbolchi APLga yo‘l olishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq u Italiya chempionatidagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.

Ma'lumot uchun, Frattesi o‘tgan mavsum A Seriyada 22 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lasio Lasio
Bugungi yangiliklar