Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi tashrifi davomida O'zbekiston milliy jamoasi futbolchilariga omad tiladi.
«34 yillik armonlarimiz amalga oshgan kunlarni ko'rib, birinchi o'yinimiz albatta, qiyin qiyin jamoaga tushdi. Lekin farzandlarim yangi O'zbekiston farzandlari shiddat bilan o'zini kimligini, qaysi buyuk millatga mansubligini maydonda ko'rsatdi. Fursatda foydalanib, qahramon farzandlarimga ilohim omad yor bo'lsin!» – dedi prezident Namanganda o'tayotgan maqom festivalidagi nutqida.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya va O'zbekiston uchrashuvi soat 22:00da boshlanadi.