Bugun
6
O'zbek

Rayya: «Jahon chempionatida o‘ynash imkoniyati har kuni ham bo‘lavermaydi»

Futbol
23 iyun, 08:00
Ispaniya milliy jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni lahzadan zavq olmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Rayya: «Jahon chempionatida o‘ynash imkoniyati har kuni ham bo‘lavermaydi»
Foto: Getty Images

«Arsenal» klubi va Ispaniya milliy jamoasi kiperi David Rayya jamoaning JCH-2026 uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilgani haqida gapirib o‘tdi.

«Bu mening ikkinchi jahon chempionatim, bu orzu. Bu yerda ekanligimdan juda ham xursandman. Men «Arsenal»da muvaffaqiyatli yil o‘tkazdim: uchinchi bor «Oltin qo‘lqop»ga ega chiqtim va Premer-ligada chempion bo‘ldim. Bolaligimizda barchamiz jahon chempioni bo‘lish haqida orzu qilamiz. Ammo jahon chempionatida o‘ynash imkoniyati ham hattoki har kuni ham bo‘lavermaydi», — deya Rayya so‘zlaridan iqtibos keltirdi Fabritsio Romano.

Ta’kidlash lozim, Rayya — Ispaniya milliy jamoasining musobaqadagi birinchi raqami emas. Dastlabki ikki o‘yinda darvozani Unay Simon qo‘riqladi.

H guruhida Luis de la Fuyente shogirdlari 4 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. So‘nggi turda jamoani Urugvayga qarshi bahs kutib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar