Bugun
6
O'zbek

Mahrez 35 yoshdan oshgan afrikalik futbolchilar orasida jahon chempionatida assistentlik qilgan ikkinchi o‘yinchi

Futbol
23 iyun, 07:05
Bu borada birinchi o‘rin hamon Roje Millaga tegishliligicha qolmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Mahrez 35 yoshdan oshgan afrikalik futbolchilar orasida jahon chempionatida assistentlik qilgan ikkinchi o‘yinchi
Foto: Getty Images
22.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Iordaniya Iordaniya 1 : 2 Jazoir Jazoir

Bu haqda Actu Foot xabar berdi.

Jazoyir milliy jamoasi yetakchisi 35 yosh va 4 oylik Riyad Mahrez jahon chempionati o‘yinida sherigiga golli uzatma yetkazib berdi. Natijada tajribali futbolchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi pog‘onani band etdi. Rekord hali ham Kamerun milliy jamoasi sobiq forvardi Roje Millaga tegishli — u 1990-yil 1 iyul kuni 38 yosh va 1 oyligida Angliyaga qarshi o‘yinda assist qayd etgan.

Mahrez Jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur doirasida Iordaniyaga qarshi o‘yinda samarali harakatni amalga oshirdi. Bugun, 23 iyun, tongda bo‘lib o‘tgan bahs Jazoyirning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi (2:1).

Ikki o‘yindan keyin Jazoyir 3 ochko bilan J guruhida uchinchi band etib turibdi. Oxirgi turda jamoa 28 iyun kuni Avstriyaga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan JCH-2026 19-iyulgacha davom etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Iordaniya Iordaniya
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar