Bugun
6
O'zbek

Mbappe: "Men Messining rekordiga umuman e'tibor qaratmayman"

Futbol
23 iyun, 03:40
Fransiya hujumchisi Leoning mundiallar tarixidagi gollar soni bo‘yicha rekordiga munosabat bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Mbappe: "Men Messining rekordiga umuman e'tibor qaratmayman"
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Argentina vingeri Lionel Messining jahon chempionatlari tarixidagi gollar soni bo‘yicha rekordiga munosabat bildirdi.

«Leo doimo gol uradi. U har doim shunday qilgan va shunday qilishda davom etadi. Agar men Messining nima qilayotganiga qarab harakat qilsam, yanada ko‘proq o‘zim uchun o‘ynashimga to‘g‘ri kelardi.

Men bunga umuman e'tibor qaratmayman. Faqat jamoamga yordam berish haqida o‘ylayman», — dedi Mbappe.

Ma'lumot o‘rnida, Messi mundial guruh bosqichi 2-turida Avstriyaga qarshi o‘yin (2:0)da dubl qayd etib, jahon chempionatlaridagi gollari sonini 18 taga yetkazdi va Germaniya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Kloze (16 gol)ni ortda qoldirdi.

Qayd etish lozim, Kilianning hisobida ham 16 ta gol mavjud.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar