Bugun
6
O'zbek

Kanselu: "Na Neymar va na Ronaldu hech kimga hech nimani isbotlashi shart emas"

Futbol
23 iyun, 02:40
Portugaliya himoyachisi ikki yulduz haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Kanselu: "Na Neymar va na Ronaldu hech kimga hech nimani isbotlashi shart emas"
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Joau Kanselu Krishtianu Ronaldu va Neymar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Siz ularga «advokatlar» kerak deb o'ylaysizmi? Menimcha, na Neymar va na Ronaldu hech kimga hech nimani isbotlashi shart emas.

Ular juda iqtidorli futbolchilar, ular erishgan yutuqlar barchasini gapirib turibdi. O'ylaymanki, har ikkisi ham o'z mamlakatlari uchun kim ekanini yaxshi biladi.

Bu yerda ortiqcha gapga hojat yo'q deb o'ylayman», — dedi Kanselu. Avvalroq Ouen Ronaldu O'zbekistonga qarshi bahsda het-trik qilsa, hayron bo'lmasligini aytib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar