Bugun
6
O'zbek

Kamoliddin Murzoyev: "Portugaliya ikki barobar ishtiyoq bilan maydonga chiqishi bizga qo'l kelishi mumkin"

Eksklyuziv
23 iyun, 04:15
Mutaxassis Tribuna.uz nashriga mundial hayoti, milliy jamoa va bo'lajak o'yin borasida intervyu berdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Kamoliddin Murzoyev: "Portugaliya ikki barobar ishtiyoq bilan maydonga chiqishi bizga qo'l kelishi mumkin"
Фото: Tribuna.uz
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyev ham ayni paytda AQShda bo‘lib turibdi va jahon chempionatida milliy jamoamizni stadionda qo‘llab-quvvatlamoqda. Mutaxassis Tribuna.uz nashriga mundial hayoti, milliy jamoa va bo‘lajak o‘yin borasida intervyu berdi.
- Jahon chempionatini jonli ravishda stadionda kuzatib bormoqdasiz. Kolumbiya-O‘zbekiston bahsini bevosita stadiondan kuzatib nimalarni his qildingiz?
- Ochiqini aytsam, uchrashuv startigacha katta hayajon bor edi. Maydon ichidagi muhit, ayniqsa, mamlakatimiz madhiyasi yangrayotgan paytda yuraklar larzaga keldi. Orziqib kutilgan jahon chempionatining biz uchun ochilish o‘yini edi. Ham zavq, ham shavq va ham o‘ziga yarasha hayajon bo‘ldi. Asta-sekin bu hayajon jamoamiz, yurtimiz, futbolimiz rivojlanayotgani uchun g‘urur bilan yakunlanganidan xursandman.
- Bu o‘yin haqida turli fikrlar mavjud. Uchrashuvni jonli ko‘rgan mutaxassis sifatida nimalarni ayta olasiz?
- Uchrashuvni stadiondan jonli kuzatgan inson sifatida shuni ayta olaman-ki, dastlabki daqiqalardan muxlis bo‘lib tomosha qilar ekanmiz, har kim sevimli jamoasidan yaxshiroq o‘ynashini xohlaydi. Unutmasligimiz kerakki, bu jahon chempionati. Kuchli jamoalar bu yergacha yetib kelishganidan o‘laroq bu biz bilan o‘ynagan jamoaning kuchi. Biz qanday raqibga qarshi o‘yinni o‘tkazganimizni asta-sekin tushunib boramiz. O‘ylaymanki, birinchi uchrashuvda biz yaxshidan ham a’loroq o‘yinni o‘tkaza oldik. Mayli, yutqazgan bo‘lsak-da, hisob 1:2 bo‘lib turgan paytda ustunlikni qo‘limizga oldik. Raqibni o‘z jarima maydonchasiga qamab, ularni himoyalanishgacha olib keldik. Menimcha, bu quvonarli holat. Umuman olganda, uchrashuv avvalida baribir bundan-da, yomonroq bo‘lishidan xadiklar bor edi. Futbolchilarimiz hamma uchun faxr bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazdilar. Hattoki, bir narsani ta’kidlab o‘tish kerak, atrofimizda meksikalik muxlislar bor edi. Ular va kolumbiyalik ishqibozlar ham jamoamiz haqida iliq fikrdaligi ko‘rinib turardi.
- Milliy jamoamiz safida sizni hayron qoldirgan futbolchi kim bo‘ldi?
- Uchrashuvda hamma yaxshi harakat qildi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, futbolchilarimizda hayajon kuzatildi. Bu normal holat va bunday o‘yinlar asta-sekinlik futbolchini yanada mustahkam va kuchli bo‘lishiga olib keladi. Behruzning o‘yini menga ancha yoqdi.
- Ikkinchi turda Portugaliya bilan o‘ynaymiz. Ularni ilk turda Kongo bilan durang o‘ynab qo‘yganiga sizni ham hayron qoldirdimi?
- Aytingan edim-ku, bu jahon chempionati. Bu yerda syurprizlar bo‘ladi. E’tibor beradigan bo‘lsak, ko‘p jamoalar birinchi turni har doim ham yaxshi o‘tkazishmaydi. Bu guruh bosqichidagi bitta o‘yin. Albatta, bunday bo‘lishini kutmagan bo‘lsak-da, katta hayron qolarli narsa emas. O‘ylantirayotgani shuki, Portugaliya biz bilan bo‘ladigan uchrashuvda birinchi o‘yindan kelib chiqib va milliy jamoamizni Kolumbiyaga qarshi o‘yinidan xulosa qilib, ikki barobar ko‘proq shijoat va mas’uliyat bilan chiqishadi. Balki bu qaysidur ma’noda bizga ham qo‘l kelishi mumkin.
- Bo‘lajak uchrashuvdagi raqib favoritlardan biri. Bunday kuchli raqibga qarshi biz kabi debütant jamoaning imkoniyatini qanday baholayapsiz?
- Imkoniyatlarga kelsak, futbol maydonida har doim raqamlar har xil ko‘rsatkichlarni berishi mumkin. Buni to‘g‘ri tan olish ham kerak. Portugaliya kuchli termalardan biri. Ammo bunga ortiqcha e’tibor bermaslik ham kerak. Ha, ular kuchli, tarkibida mahoratli o‘yinchilari bor. Bu degani bizning futbolchilarimiz ilk daqiqalardan miqlov bo‘lishmaydi. Kolumbiya bilan o‘yin shunday narsani ko‘rsatdiki, futbolchilarimiz o‘z imkoniyati darajasida o‘ynasa har qanday raqibga bosh og‘riqi bo‘la oladilar.
- Jahon chempionati tashkilotchiligi sizga yoqayaptimi?
- Tashkilotchilik a’lo darajada. Uchrashuv atrofida har xil ko‘ngilochar shoular qilingan. Masalan, Mexikoda bo‘lganimizda juda katta fan zona qilishgan. Har bir davlatning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalari bor. Ko‘plab millat, elatlar bir joyda yig‘ilib do‘stona muhitni yaratayotganligi ko‘zlarni quvontirmoqda.
- Masharipovning tarkibdan chiqarilishiga munosabatingiz qanday bo‘ldi?
- Ochiqi, hech kimni bu musobaqadan qolib ketishini kuzatish juda ayanchli. Nafaqat Masharipov, balki ungacha bo‘lgan o‘yinchilarimizni ham yo‘qotdik. Qaniydi, agar barcha o‘yinchilarimiz safda bo‘lib, to‘liqroq optimal formamizda kelganimizda bu biz uchun yutuq bo‘lardi. O‘ylaymanki, hali hammasi oldinda. Jamoamiz birinchi qadamnı qo‘yib olishdi. Bundan buyog‘iga jahon chempionatlarida muntazam ishtirokchiga aylanamiz hamda ularda ham yana imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar