Antonella Rokutsso, Argentina milliy jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messining ayoli, futbolchining jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lganiga munosabat bildirdi.
JCH-2026 guruh bosqich 2-tur doirasida Argentina Avstriya qarshi maydonga tushdi (2:0). Messi bu bahsda dubl qayd etib, mundiallardagi gollari sonini 18 taga yetkazib oldi. Natijada, Leo Germaniya milliy jamoasi sobiq forvardi Miroslav Klozeni (16 ta gol) ortda qoldirdi.
«Qanday iltifot — qayta-qayta tarix yaratayotganingni ko‘rish. Men seni yaxshi ko‘raman, Leo!» — deb yozdi Rokutsso ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, 2-turdan keyin 6 ochko jamg‘argan Argentina J guruhida yetakchilik qilmoqda va muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.