«To‘potarlar» Morgan Rojers bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib oldi va endi «sherlar» bilan muzokaralarga kirishishga tayyor. Bu haqda insayder Nikola Skira xabar berdi.
«Arsenal» 23 yoshli futbolchi bilan barcha detallarni kelishib olgan. Bitim 2031-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lishi aytilmoqda.
Endi London klubi rahbariyati birminghemliklar bilan kelishib olsa yetarli.
Avvalroq, Rojers xizmatlariga «Manchester Yunayted» va «Chelsi» qiziqayotgani aytilgandi. Shuningdek, Fransiyaning «PSJ» klubi ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
O‘tgan mavsum Rojers barcha musobaqalarda 55 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Ma’lumot uchun, xavbek Yevropa Ligasining 2025/26-yilgi mavsumi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.