Live
2
O'zbek

Messi Klozenning yana bir rekordini yangiladi

Futbol
22 iyun, 17:35
Shuningdek, 38 yoshli hujumchi mundialdagi golli seriyalar bo‘yicha rekordni takrorladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Messi Klozenning yana bir rekordini yangiladi
Foto: Getty Images
22.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 2 : 0 Avstriya Avstriya

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionatlaridagi 18-o‘yinda g‘alaba qozondi.

Amaldagi jahon chempionlari JCH-2026 2-turida Avstriyani (2:0) magʻlub etishdi. Ikkala golga ham Leo mualliflik qildi.

Natijada «Inter Mayami»ning 38 yoshli hujumchisi mundiallardagi g‘alabalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U 17 ta o‘yinni yutgan Miroslav Klozeni ortda qoldirdi.

Taqqoslash uchun, Messi JCHda 28 ta, Kloze esa 24 ta o‘yin o‘tkazgan.

Shuningdek, argentinaliklar sardori mundiallarda qatorasiga 6 ta bahsda gol urib, bu borada fransiyalik Jyust Fonten (JCH-1958da) va braziliyalik Jairzinioning (JCH-1970) rekordini takrorladi.

Messi avvalroq Jahon chempionatlaridagi gollar soni boʻyicha ham Klozening rekordini yangilagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Avstriya Avstriya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar