Tiago Silva yana "Fluminense" futbolchisiga aylandi.
Avvalroq 41 yoshli himoyachi "Portu"ni tark etgandi. Braziliyalik futbolchi qishda Portugaliya klubiga o'tib, yarim yillik shartnoma imzolagan, kelishuvni 2027 yilgacha uzaytirish imkoni ham mavjud edi. Ammo portugaliyaliklar bu imkoniyatdan foydalanishmadi.
"Fluminense" Silvaning klubga qaytganini rasman e'lon qildi. Tiago 1995–2003 yillarda klub tizimida tarbiyalangan, asosiy jamoada esa 2006–2009 yillarda hamda 2024 yildan 2025 yil oxirigacha to'p tepgan.
"Ba'zi hikoyalar hech qachon tugamaydi.
Afsana Tiago Silva "Fluminense"ga qaytdi", — deyiladi Braziliya klubi bayonotida.
Tiago Silva "Fluminense"ga qaytdi
Futbol
22 iyun, 18:30
Braziliya klubi 41 yoshli himoyachining transferini e'lon qildi.
Foto: Getty Images