Muborakning «Mash'al» futbol klubi tarkibida faoliyat olib borgan bir qator futbolchilar jamoa bilan xayrlashdi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, jamoa sharafini munosib himoya qilib kelgan Rafael Viashima Ayagva, Roman Xodjiyev, Maqsudxo'ja A'loxujayev hamda Asadbek Xabibullayevlar bilan xayrlashgan.
«Ushbu futbolchilar «Mash'al» safidagi faoliyati davomida klub maqsadlari yo'lida sidqidildan mehnat qilib, jamoamiz natijalariga o'z hissalarini qo'shdilar.
«Mash'al» futbol klubi futbolchilarimizga klub rivoji va jamoa sharafini munosib himoya qilish yo'liga xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi hamda ularning keyingi faoliyatida ulkan omad, yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi», — deyiladi klub xabarida.