Bugun
6
O'zbek

Balogun 50 mln yevro evaziga «Monako»ni tark etishi mumkin

Futbol
23 iyun, 09:25
Hujumchining «Monako» bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Balogun 50 mln yevro evaziga «Monako»ni tark etishi mumkin
Фото: Getty Images

AQSH milliy jamoasi hujumchisi Folaringa Balogun «Monako»ni tark etishi mumkin.

The Athletic nashri xabar berishicha, monegasclar safida to'p tepayotgan 24 yoshli futbolchi jamoani tark etishga moyillik bildirmoqda.

Unga Angliya va Yevropaning boshqa chempionatlaridagi bir nechta klublar qiziqish ko'rsatmoqda.

Hujumchining «Monako» bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fransiya klubi Balogun bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga qarshi emas. Klub futbolchi uchun taxminan 50 million yevro ishlab olishni rejalashtirgan.

Yakunlangan mavsumda Balogun Fransiya chempionatida 30 ta o'yinda 13 ta gol urdi.

Bugungi yangiliklar