«Real» yarimhimoyachisi Aurelien Chouameni yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Gianluigi Longari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik 26 yoshli futbolchining o'zi «Real»da qolishni xohlaydi. Biroq klub uning transferini istisno qilmayapti.
Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Yakunlangan mavsumda Chouameni barcha turnirlarni hisobga olganda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va o'z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.