Bugun
6
O'zbek

Portugaliya — Yevropadagi 18-raqib

Futbol
23 iyun, 09:50
Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Portugaliya — Yevropadagi 18-raqib
Фото: Getty Images
23.06.2026, 13:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Bugun Oʻzbekiston milliy jamoasi uchun tarixiy kun. Futbolchilar jahon chempionati 2-turida Portugaliyaga qarshi bellashadi.

Bu milliy jamoa uchun Yevropadagi 18-jamoaga aylanadi. Bunga qadar oʻzbekistonlik futbolchilar koʻhna qitʼaning 17 ta turli mamlakatlari bilan yashil maydonda kuch sinashishga ulgurgan.

Eng koʻp bor Ozarboyjonga qarshi toʻqnash kelingan – 10 marta. Qozogʻiston bilan 7 bor oʻynagan. Belarus esa 3 marta.

Ozarboyjon — 10 ta oʻyin
Qozogʻiston — 7 ta oʻyin
Belarus — 3 ta oʻyin
Gruziya va Ukraina — 2 tadan oʻyin
1 tadan oʻyin: Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Niderlandiya, Slovakiya, Latviya, Estoniya, Bosniya, Albaniya, Armaniston, Isroil va Chernogoriya.


Shu tariqa. Portugaliya biz uchun 18-jamoaga aylanadi va jahon chempionati guruh bosqichida roʻy beradi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar