Bugun
6
O'zbek

Rays: «Uning shu yoshida erishayotganlarini so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi»

Futbol
23 iyun, 09:11
Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Argentina milliy jamoasi yetakchisi Lionel Messi haqida fikrlarini bildirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Rays: «Uning shu yoshida erishayotganlarini so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi»
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Deklan Rays Argentina milliy jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi haqida gapirdi. Forvard JCH-2026da jamoasining 5 ta golining hammasiga mualliflik qildi.

«Lionel Messi, hozir biz ko‘rib turganimiz, haqiqatan o‘ziga xos narsa. Uning bu yoshda erishayotgan yutuqlari aql bovar qilmaydi. Oddiy muxlis, futbolni yaxshi ko‘radigan inson va professional futbolchi sifatida uning o‘yinidan zavq olaman», — deya Rays so‘zlaridan iqtibos keltirdi insayder Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 2-turi doirasidagi Avstriya qarshi bahsda (2:0) Messi dubl rasmiylashtirib, mundiallardagi 18-golini urishga muvaffaq bo‘ldi va musobaqaning eng yaxshi to‘purari, Germaniyaning sobiq hujumchisi Miroslav Klozeni ortda qoldirdi (16 ta gol).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar