Bugun
6
O'zbek

«Chelsi» «Inter»ning transfer rejalarini buzmoqchi

Futbol
23 iyun, 08:47
«Atalanta»ning qanot himoyachisi Palestra faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Chelsi» «Inter»ning transfer rejalarini buzmoqchi
Foto: Getty Images

Bu haqda jurnalist Luka Cherchione xabar bermoqda.

«Atalanta»ning qanot himoyachisi Marko Palestra Londonning «Chelsi» klubida paydo bo‘lishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, kecha kechqurun «Chelsi» 21 yoshli futbolchi uchun «Atalanta»ga 55 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilgan. Ammo, Palestraning o‘zi «Inter»ga o‘tishni istashi aytilmoqda.

Shu bilan birga, agar «Chelsi» shartnoma shartlarini biroz o‘zgartirsa, himoyachi o‘z qarorini o‘zgartirishi mumkinligi istisno qilinmagan. Lekin, hozircha «Inter» bu poygada yetakchilik qilmoqda.

O‘tgan mavsumda Palestra ijara asosida «Kalyari» sharafini himoya qildi. U A Seriyaning 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar