"Kristal Pelas" yarimhimoyachisi Adam Uorton yaqin vaqt ichida "Chelsi"ga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Jon Herriott xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "ko'klar" futbolchining transferi bo'yicha 86 million yevrolik kelishuvga erishishga juda yaqin turibdi.
Uortonning o'zi ham "Chelsi"ga o'tishga qaror qilgan. Shu bilan birga, "burgutlar" Aksel Disasining 23 million yevrolik transferi bo'yicha ham muzokaralar olib borishmoqda.
Qayd etilishicha, Disasi ham "Chelsi"ni tark etib, "Kristal Pelas"ga o'tishi taxmin qilinmoqda.
Yakunlangan mavsumda Uorton barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta assistni qayd etdi.